Haqimizda

Talabalarga qanday yordam berishimiz mumkin?

Turkiya universitetlarining dunyodagi yuqori obro‘si talabalarni kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun Lumico Group sifatida biz talabalarga Turkiyadagi universitetlarda o‘qishda yordam beramiz.

01

Biz bilan bog'laning

Birinchi navbatda biz bilan bog'laning va Turkiyada o'qish hamda universitetlar haqida bepul maslahat oling.

02

Bepul konsultatsiya

Konsultatsiya davomida sizga universitetlar va mavjud yo'nalishlar haqida to'liq ma'lumot beramiz.

03

Universitet qabuli

Sizga mos yo'nalish va universitet tanlangach, qabul jarayonini boshlaymiz. Batafsil ma'lumot

Lumico Group – bu yuqori standartlarga muvofiq faoliyat yuritadigan xalqaro darajadagi konsalting agentligi. Katta tajribaga ega jamoamiz 2019-yildan beri minglab yoshlarimiz Turkiyaning xususiy universitetlarida o’qishi va qiyinchiliklarsiz ushbu davlatda yashashi uchun yaqindan yordam berib kelmoqda.

 

Biz har bir talaba oliygoh va yo’nalish tanlashidan tortib Turkiyaga joylashib olgunigacha barcha jarayonlarni hal qilib beramiz, shuningdek ta’lim davrida ham uni qo’llab-quvvatlab turamiz.

Maqsadimiz & Missiyamiz

BIZNING MAQSADIMIZ

Har bir talaba Turkiyadagi ta'lim orqali o'zining orzularini amalga oshirishi va muvaffaqiyatli karyera qurishiga yordam berish. Biz xalqaro darajada yetakchi konsalting agentliklaridan biri bo'lishga intilamiz va shuning uchun mijozlarimizga doim yuqori darajadagi servis, universitet bilan rasmiy hamkorlik, individual yondashuv va qulay ta'lim imkoniyatlarini taqdim etamiz.

BIZNING MISSIYAMIZ

Xalqaro talabalar uchun Turkiyadagi ta'limni oson, tushunarli, xavfsiz qilish va, eng muhimi, ularni yolg'iz qoldirmaslik. Professional jamoamiz hujjat yig'ishdan tortib Turkiyadagi ta'lim va hayotga butunlay ko'nikib ketgunicha talabani yonida bo'ladi va qo'llab-quvvatlab turadi, ya'ni biz mijozlarimizga Turkiyadagi ta'lim sari tushunarli, shaffof va ishonchli yo'l xaritasi chizib berishga intilamiz.

Lumico Group – Raqamlarda

6+
Yilik Tajriba
1500+
Mamnun Talabalar
30+
Universitet BIlan Hamkorlik
3
Kunda Qabul Jarayoni
100%
Talaba Mamnunligi

4 ta oddiy qadam orqali Turkiyada talaba bo'ling

01

Konsultatsiya

Biz sizning maqsadlaringiz, byudjetingiz, qiziqishlaringiz va kelajak rejalaringizni tinglaymiz. Shundan so'ng sizga mos bo'lgan universitetlar, fakultetlar va grant imkoniyatlarini tanlab beramiz. Har bir talaba uchun individual yo'l xaritasi tuziladi.

02

Hujjatlar

Kerakli barcha hujjatlarni yig'ishda, tarjima qilishda, notarial tasdiqlashda va rasmiy formatga keltirishda to'liq yordam beramiz. Siz hech narsaga tashvishlanmaysiz — barcha jarayonlarni biz nazorat qilamiz.

03

Qabul jarayoni

Tanlangan universitetlarga hujjatlaringizni topshiramiz, kirish talablari bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatamiz va jarayonni oxirigacha kuzatib boramiz. Sizga qabul xati kelgunga qadar barcha bosqichlarda yoningizdamiz.

04

Turkiyada kutib olish

Talaba sifatida Turkiyaga kelganingizda, sizni aeroportda kutib olamiz. Uyingiz yoki yotoqxonangizga joylashishga yordam beramiz, shahar bilan tanishtiramiz va dastlabki kunlarda to'liq hamrohlik qilib boramiz. Siz yangi mamlakatga oson moslashishingiz uchun barcha yo'nalishlarda ko'mak beramiz.